“Namunali oila” koʻrik-tanlovi: vazirlik sohaviy xizmatlari oʻrtasida saralash bosqichi oʻtkazildi
2026-04-27 19:55:00 / Yangiliklar

“15-may – Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq vazirlik Madaniyat saroyida “Namunali oila” koʻrik-tanlovining dastlabki saralash bosqichi tashkil etildi. Tadbir oila institutini mustahkamlash va milliy qadriyatlarni keng targʻib etishga qaratildi.
Tanlovda vazirlik tizimida xizmat qilayotgan xodimlar oilalari ishtirok etib, “Tanishtirish”, “Bu mening oilam” va “Biz kitobxon oilamiz” shartlari boʻyicha oʻz salohiyatlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar milliy anʼanalar, oilaviy munosabatlar, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini yorqin chiqishlar orqali namoyish etdilar.
Ishtirokchilar hakamlar hayʼati tomonidan baholanib, quyidagi natijalar qayd etildi:
1-oʻrinni — mayor Ixtiyor Abdullayev oilasi;
2-oʻrinni — kapitan Qobiljon Xalilov oilasi;
3-oʻrinni — katta leytenant Bahodir Burxonov oilasi egalladi.
Shuningdek, serjant Jasur Oʻtayev oilasi “Ibratli oila boshligʻi” nominatsiyasiga munosib deb topilgan boʻlsa, birinchilikka sazovor boʻlgan Abdullayevlar oilasi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻldi.
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Madaniy dasturlar bilan boyitilgan tadbir ishtirokchilar va tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.









