IIV akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetida taʼlim olayotgan kursantlar uchun onlayn formatdagi mashgʻulot tashkil qilindi
2026-04-26 15:00:00 / Yangiliklar

Qirgʻiziston Respublikasi IIV akademiyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan mashgʻulotni mazkur taʼlim muassasasi professori Saginbek Kadirbekov olib bordi.
Tajribali mutaxassis kibermakonda yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlar, axborot texnologiyalari yordamida sodir qilinayotgan jinoyatlar, kiberfiribgarlikning zamonaviy koʻrinishlari, ularning sodir etilish usullari va oldini olish choralari, ichki ishlar organlari uchun kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida malakali kadrlar tayyorlash masalalariga toʻxtalib oʻtdi.
Mashgʻulot internet makonida xavfsizlikni taʼminlash dolzarb muammoga aylanayotgan hozirgi sharoitda oʻzaro tajriba almashish, kursantlarning bilim va koʻnikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati


