IIV Malaka oshirish instituti delegatsiyasi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi
2026-04-23 00:45:00 / Yangiliklar

IIV Malaka oshirish instituti boshligʻi polkovnik Olimjon Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya Xoʻjand shahrida oʻtkazilgan “Yuridik fan va amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Asosiy natijalar:
Tojikiston, Rossiya va Ozarbayjonning sohaviy OTMlari bilan huquqshunoslik va ilm-fan sohasida tajriba almashildi.
Tojikiston Respublikasi IIV Akademiyasi bilan taʼlim va ilmiy sohada hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha 2026-2027-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” imzolandi.
Bu kelishuv ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlash va ilmiy salohiyatni oshirishda muhim qadam boʻladi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati




