Jizzax viloyati IIBda press-tur: ijtimoiy himoya, zamonaviy sharoit va “Yashil makon”dagi islohotlar namoyishi
2026-04-21 07:45:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati IIBda tashkil etilgan press-turda matbuot va OAV xodimlari va blogerlar soha xodimlarining ijtimoiy himoyasini taʼminlash, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishishdi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda xodimlarning nafaqat xizmat faoliyati, balki ularning oilaviy farovonligi, farzandlari taʼlimi va sogʻligiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Uy-joy bilan taʼminlash, ijara xarajatlarini qoplash, taʼlim va tibbiy yordam kabi choralar tizimli yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek, “Yashil makon” dasturi doirasida barpo etilgan bogʻlar ekologik barqarorlikni taʼminlash bilan birga, qoʻshimcha imkoniyatlar yaratayotgani qayd etildi. Press-tur davomida bogʻdorchilik ishlari, zamonaviy sugʻorish texnologiyalari va kinologlar faoliyati ham namoyish etildi.
Jurnalistlar mazkur oʻzgarishlarni yuqori baholab, ochiqlik va inson qadriga qaratilgan yondashuv tizim samaradorligini oshirayotganini taʼkidladilar.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









