Salomatlik va tartib posbonlari
2026-04-19 23:00:00 / Yangiliklar

Viloyat IIBB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tarkibidagi Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim boʻgʻin hisoblanadi.
Guruh tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida jami 954 kg goʻsht va goʻsht mahsulotlari, 1002 kg sut va sut mahsulotlari, 2202 kg parranda goʻshti mahsulotlari, 450 kg baliq mahsulotlari, 413 kg tuzlama mahsulotlari, 2238 kg nomaʼlum sharoitda tayyorlangan mahsulotlar, shuningdek, 11259 dona tuxum mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz deb topilib, belgilangan tartibda savdodan chetlashtirildi.
Shuningdek, aholi oʻrtasida hayvonlarni quturish kasalligiga qarshi emlash ishlari keng koʻlamda olib borildi. Tadbir davomida 266 696 bosh hayvonni quturish va oqsil kasalligiga qarshi emlashda Toshkent viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga amaliy yordam koʻrsatildi.
Guruh oʻz ish jarayonida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda boshqa mutasaddi idoralar bilan yaqin hamkorlik qiladi.
Bunday idoralararo hamkorlik viloyatning barcha tuman va shaharlarida, ayniqsa, Toshkent shahriga tutash hududlarda nazoratning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
©️ “Postda” gazetasi, Abror Poyonov, Toshkent viloyati.
