Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan amaliy tashrif amalga oshirildi
2026-04-19 10:30:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan Guliston shahrida joylashgan “Obod yurt” mahallasiga amaliy tashrif amalga oshirildi.
Ushbu tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi bilan yaqindan muloqot oʻrnatishdan iborat boʻldi.
Tashrif davomida mahallaning kriminogen vaziyati atroflicha oʻrganilib, huquqbuzarliklar kelib chiqishiga sabab boʻlayotgan omillar tahlil qilindi.
Shuningdek, profilaktika inspektorlari va masʼul tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
IIB boshligʻi mahallada istiqomat qilayotgan yakka yolgʻiz fuqarolar holidan xabar olib, ularning turmush sharoiti, sogʻligi va kundalik ehtiyojlari bilan qiziqdi.
Ularni qiynayotgan muammolarni joyida oʻrganib, mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tashrif doirasida mahallada joylashgan umumiy yotoqxonaga ham borildi. U yerda istiqomat qilayotgan alohida toifadagi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning hayot tarzi, muammolari va kelgusidagi rejalari tinglandi.
Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va ularni jamiyatga moslashtirish masalalari yuzasidan profilaktik suhbatlar olib borildi.
Shuningdek, yotoqxonada yashovchi fuqarolarning yashash sharoitlari ham atroflicha koʻzdan kechirilib, kommunal xizmatlar, sanitariya holati va boshqa ijtimoiy masalalar oʻrganildi.
Aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Mazkur tashrif mahallada ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, aholi muammolarini oʻz vaqtida hal etish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati







