Toshkent shahar IIBB xodimi xalqaro kikboksing musobaqasida faxrli oʻrinni egalladi
2026-04-17 20:20:00 / Yangiliklar

Tailand poytaxti Bangkok shahrida kikboksing boʻyicha nufuzli 2-xalqaro “WAKO Thailand 2026 World Cup” musobaqasining tantanali ochilish marosimi arafasida muhim xalqaro uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur musobaqada dunyoning 30 dan ortiq davlatlaridan kelgan kikboksing federatsiyalari sportchilari ishtirok etdi.
Toshkent shahar IIBB YPXB xodimi, serjant Otabek Toʻrayev ushbu musobaqada +94 kg vazn toifasida ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egalladi.
Hamkasbimizni ushbu yutugʻi bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi musobaqalarda yanada yuqori natijalar tilaymiz.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati




