Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar qabuli tashkil etildi
2026-04-17 20:05:00 / Yangiliklar

2026-yil 16-aprel kuni tasdiqlangan jadvalga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli oʻtkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari atroflicha oʻrganilib, ularda koʻtarilgan muammolarning mazmun-mohiyati tahlil qilindi.
Ayrim murojaatlar joyida qonun doirasida hal etildi, qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan masalalar esa tegishli tartibda nazoratga olindi.
Shuningdek, fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida viloyatlarda joylashgan harbiy qismlar bilan videokonferensaloqa orqali onlayn qabullar ham tashkil etildi.
Ushbu format orqali hududlardagi fuqarolarning murojaatlari ham toʻgʻridan-toʻgʻri eshitilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Tashkil etilgan onlayn qabul jarayoni fuqarolar uchun qulaylik yaratib, ularning murojaatlarini tezkor va samarali koʻrib chiqish imkonini berdi hamda ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi.
Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni taʼminlash, ularning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi





