Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida “Mintaqaviy jinoyatchilikning dinamikasi va tendensiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi
2026-04-17 19:50:00 / Yangiliklar

Mazkur konferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash, xususan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda ilmiy-amaliy yondashuvlarni takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.
Unda davlat va jamoat tashkilotlari, ilmiy muassasalar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda hududiy jinoyatchilikni tahlil qilish, asosiy omillarini aniqlash hamda profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, narkojinoyatlar, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
Konferensiya davomida bildirilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar hududlarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish hamda tegishli davlat organlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti





