IIV “Xavfsiz shahar” markazida oʻquv seminari tashkil etildi
2026-04-17 13:23:00 / Yangiliklar

Unda sohaning raqamlashtirish yoʻnalishida faoliyat yurituvchi masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasining mazmun-mohiyati, hududlarda intellektual videokuzatuv tizimlarini joriy etish, tizim elementlari hamda ularni yagona apparat-dasturiy platformaga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda konsepsiya asosida bugungi kunga qadar hududlarda joriy etilgan intellektual videokuzatuv tizimlari, shuningdek, platforma faoliyatini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlashga moʻljallangan zamonaviy server qurilmalari haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Shu bilan birga, kelgusida tizim qamrovini kengaytirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi.
Bundan tashqari, masʼullar monitoring markazi faoliyati bilan tanishib, tizimlarni tashkil etishda uchrayotgan muammolar va mavjud kamchiliklarni tahlil qildilar.
Shuningdek, ishtirokchilarning savol va takliflari yuzasidan muhokama oʻtkazildi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi




