Namangan viloyati IIB tomonidan “Huquqiy madaniyat” oyligi doirasida keng qamrovli tadbirlar tashkil etilmoqda
2026-04-17 13:20:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan “Huquqiy madaniyat” oyligi doirasida tizimli va manzilli tadbirlar amalga oshirilib, ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan xodimlar ishtirokida oʻquv mashgʻulotlari, psixologik treninglar, insholar tanlovi, intellektual bellashuvlar hamda muzeylarga sayohatlar tashkil etildi.
Mazkur jarayonlarda xodimlarning huquqiy bilimlari, tezkor fikrlash qobiliyati, jamoada ishlash koʻnikmalari yanada rivojlantirilmoqda.
Shuningdek, tadbirlar davomida jamoalarda sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhitni mustahkamlash, xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish, xodimlar oʻrtasida oʻzaro hurmat va hamjihatlikni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









