IIV rahbariyati tomonidan Toshkent viloyatida ichki ishlar organlarining jangovar shaylik va jismoniy tayyorgarlik tekshiruvlari yakunlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi
2026-04-15 16:50:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashga qaratilgan tekshiruvlar yakunlandi. Ushbu tekshiruvlar natijalariga bagʻishlangan yigʻilish Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov rahbarligida oʻtkazildi.
Yigʻilishda tekshiruvlar davomida aniqlangan natijalar, xodimlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi, xizmat faoliyatidagi jangovar tayyorgarlik koʻnikmalari hamda mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Taʼkidlanganidek, zamonaviy talablar asosida har bir xodim yuqori darajadagi jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka ega boʻlishi, favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qila olishi zarur.
General-mayor Baxodir Mirzaraximov oʻz soʻzida ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar shayligi va jismoniy tayyorgarligini muntazam ravishda oshirib borish muhimligini alohida taʼkidladi. Shuningdek, u kamchiliklar aniqlangan yoʻnalishlarda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, mashgʻulotlarni yanada samarali tashkil etish va nazoratni kuchaytirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berdi.
Yigʻilish yakunida kelgusida bu kabi tekshiruvlarni tizimli ravishda davom ettirish, xodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada mustahkamlash hamda xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamenti Axborot guruhi



