IIV Malaka oshirish institutida xalqaro hamkorlik doirasida amaliy ishlar boshlandi
2026-04-14 11:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi tomonidan imzolangan muzokaralar bayoniga muvofiq, Koreya milliy politsiya agentligining mutaxassislari IIV Malaka oshirish institutiga tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida oʻtkazilgan uchrashuvda institut boshligʻi polkovnik Olimjon Axmedov, vazirlik mutaxassislari hamda institut rahbariyati ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida amalga oshirilayotgan loyiha ishlari atroflicha koʻrib chiqilib, jumladan, zamonaviy avtomobil simulyatorlarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, oʻquv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qoʻshma tashabbuslar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarni samarali amalga oshirish, oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini alohida taʼkidladilar.
IIV Malaka oshirish instituti






