Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining sayyor qabuli oʻtkazildi
2026-04-14 10:45:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Mansur Sattarov tomonidan Namangan shahar, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlari fuqarolari uchun Namangan shahar Maʼrifat maskani binosida navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida 18 nafar fuqarolarning tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv masalalari boʻyicha murojaatlari eshitildi.
Asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida ijobiy hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun tergov boshqarmasi va shahar-tuman IIBlari rahbariyati ishtiroklari taʼminlandi.
Qabul davomida, Tergov departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari fuqarolarning murojaatlarini oʻrganib, aksariyati joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, ijrosi muddat talab etadigan murojaatlar boʻyicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib ijrosi nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






