Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Buxoro viloyatida probatsiya xizmatlari faoliyati tanqidiy-tahliliy oʻrganildi
2026-04-13 18:00:00 / Yangiliklar

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi oʻrinbosari – Probatsiya boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Azamat Oʻroqov hamda Probatsiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik A.Abdikadirovlar Buxoro viloyatida boʻlib, xodimlarning ish sharoitlari va probatsiya nazorati ostida turgan shaxslar ishtirokida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar sifati bilan yaqindan tanishdi.
Jarayonda Kogon shahri hamda Gʻijduvon, Shofirkon, Jondor, Vobkent, Buxoro, Kogon, Peshku, Romitan tumanlaridagi Probatsiya boʻlinmalari faoliyati oʻrganildi.
Hududiy boʻlinmalar tomonidan probatsiya nazorati ostida turgan shaxslar bilan bogʻliq qayta jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, huquqbuzarliklarga chek qoʻyish, nazoratdagi shaxslarning ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda sohani raqamlashtirishga oid amalga oshirilayotgan ishlar tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullarga alohida koʻrsatmalar taʼkidlandi.
Kun tartibidagi tadbirlar davomida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi oʻrinbosari probatsiya nazoratida turuvchi yoshlar hamda afv etilgan shaxslar bilan ham uchrashib, ularning muammolarini tingladi va yechimtalab masalalar yuzasidan xodimlarga topshiriqlar berdi.
Respublikamiz boʻylab oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati





