Poytaxt IIBB saflarida bilimdonlar aniqlandi
2026-04-11 11:05:00 / Yangiliklar

Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan Toshkent shahar ichki ishlar organlari yosh xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Unda 21 jamoa ishtirok etib, har bir jamoada 6 nafardan, jami 132 nafar yosh xodimlar ishtirok etishdi. Chuqur bilimlarni aniqlash uchun tuzilgan murakkab ammo qiziqarli savollar nafaqat oʻyin qatnashchilari balki toʻgʻri javoblarni katta hayajon bilan kuzatayotgan jamoalar muxlislarini ham qiziqtirib qoʻydi. Bahsli kechgan bilimdonlar oʻyini yakuniga koʻra 1-oʻrin Mirobod tumani IIO FMB jamoasiga, 2-oʻrin Bosh boshqarma jamoasiga, 3-oʻrin Olmazor tumani IIO FMB jamoasiga nasib etdi. Gʻoliblar Bosh boshqarmaning I, II, III darajali diplomlari, pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Poytaxt ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash koʻnikmalari va intellektual salohiyatini oshirish, oʻz iqtidorlari va bilimlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bu kabi tadbirlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Bosh boshqarma shaxsiy tarkibi oʻrtasida tizimli ravishda turli koʻrik-tanlovlar, jismoniy va aqliy musobaqalarning oʻtkazilishi, xodimlar orasida ijobiy raqobatni shakllantirish, hamkasblariga bilimi, oʻtkir salohiyati bilan oʻrnak boʻlayotganlarini munosib ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati



