Surxondaryo viloyatida xalq deputatlari Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2026-04-11 11:05:00 / Yangiliklar

Unda komissiya aʼzolari hamda tegishli masʼullar ishtirok etib, yigʻilish “ZOOM” platformasi orqali masofadan tashkil etildi. Kun tartibiga muvofiq, ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida 2026-yilning dastlabki 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.
Hisobot viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, polkovnik Akmal Boxodirov tomonidan taqdim etildi. Yigʻilish davomida deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilikni oldini olish, fuqarolarni ushbu turdagi tahdidlardan himoya qilish va profilaktika choralarini kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Muhokamalar yakunida sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









