Uyushmagan yoshlar. Kelajakka eʼtibor
2026-04-10 23:00:00 / Yangiliklar

Peshku tumanida mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 32 ming 850 nafar yigit-qizning roʻyxati shakllantirilib, ular bilan individual ishlash tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Xususan, ichki ishlar, Mudofaa va Adliya boshqarmalari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi bilan hamkorlikda “Vatanparvarlik va milliy qadriyat” hamda “Huquqiy bilimlar” mavzularida yoshlar bilan suhbat va oʻquv seminar-treninglari, uyushmagan yoshlarning muzey, uy muzeylari, tarixiy obidalarga ekskursiyasi tashkil etildi.
Shu bilan birga, tumandagi umumtaʼlim maktablarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan viloyat chempionati kubogi musobaqalarida, 18 yosh toifasidagi oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi musobaqada terma jamoa faxrli birinchi oʻrinni egalladi.
“Huquqiy axborot”, “Yosh kitobxon” tadbirlari va “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyinlari hamda yoshlar muammolarining yechimiga koʻmaklashish maqsadida adliya organlari bilan hamkorlikda 5 ta “Huquqiy maslahat” maydoni tashkil etildi.
Yoshlarning ongida korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik — jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʻta salbiy illatligini targʻib qiluvchi 1 ta oʻquv va 55 ta tarqatma materiallar tayyorlanib, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida bir marotaba sayyor sud majlisi tashkil etildi.
Yoshlarni zamonaviy kasb (IT, xorijiy til) toʻgaraklariga jalb qilish, ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Nizoli va ajrim yoqasiga kelgan oilalarning 6 nafar voyaga yetmagan farzandlariga psixologik-huquqiy yordam koʻrsatilib, Navoiy mahallasida joylashgan 46-sonli oʻrta taʼlim maktabida Koʻchma tibbiy punkt tashkil etildi hamda yoshlar shifokorlar koʻrigidan oʻtkazilib, tibbiy maslahatlar olishlari tashkillashtirilmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, yoshlarga eʼtibor qaratsak, vaqtida tayanch va suyanch boʻlsak, kelajagimiz porloq hamda farovon boʻladi.
©️ “Postda” gazetasi, Rajab Sharopov, kapitan. Buxoro viloyati.
