Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida “Mintaqaviy (hududiy) jinoyatchilikning dinamikasi va tendensiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkaziladi
2026-04-09 11:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida 2026-yil 15-aprel kuni soat 10:00 da “Mintaqaviy (hududiy) jinoyatchilikning dinamikasi va tendensiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada muhokama qilinadigan masalalar:
- hududiy jinoyatchilikning oʻziga xos xususiyatlari;
- jinoyatchilik tendensiyalari (zamonaviy trendlar);
- jinoyatchilikka taʼsir etuvchi omillar;
- mintaqalar kesimida tahlili;
- jinoyat turlari boʻyicha dinamika;
- qonunchilik va huquqni muhofaza qilish amaliyoti taʼsiri;
- mazkur yoʻnalishdagi mavjud muammolar va ularning oldini olish boʻyicha takliflar.
Konferensiya rasmiy tillari: oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillari.
“Mintaqaviy (hududiy) jinoyatchilikning dinamikasi va tendensiyalari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari toʻplam shaklida chop etilishi rejalashtirilgan boʻlib, konferensiya materiallariga quyidagi talabalar qoʻyilgan:
− maqola yoki tezis oʻzbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi;
− annotatsiya va kalit soʻzlardan iborat boʻlishi;
− matn kompyuterda “Microsoft Word” dasturining “Times New Roman” shriftida 14 kattalikda 1,5 intervalda yozilishi, elektron nusxada taqdim etilishi hamda matnning chap qismi 3 sm, oʻng qismi 1,5 sm, tepa va pastki qismlari 2 sm boʻlishi;
−maqola hajmi 6-9 sahifa, tezis hajmi 3-4 sahifa boʻlishi, grammatik va stilistik xatolarsiz, sifatli boʻlishi shart.
Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar oʻz materiallarini toʻplamda chop ettirish uchun 2026-yilning 14-aprel kuniga qadar elektron koʻrinishda Institut masʼul xodimi (Isayev Sardor Alisherovich)ga taqdim etishlari lozim.
Murojaat uchun: +998-99-824-80-06.
