IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga qabul boshlandi
2026-04-04 10:00:00 / Yangiliklar

9-sinf bitiruvchilari (oʻgʻil bolalar) tanlov asosida qabul qilinadi.
Tanlov bosqichlari:
- dastlabki tanlov;
- harbiy-professional tanlov;
- yakuniy test sinovi.
Test sinovi fanlari:
Ijtimoiy-gumanitar fanlar:
- tarix — 30 ta test (har biri 3,1 ball)
- chet tili — 30 ta test (har biri 2,1 ball)
Aniq fanlar:
- matematika — 30 ta test (har biri 3,1 ball)
- fizika — 30 ta test (har biri 2,1 ball)
Arizalar: 1-apreldan 30-aprelgacha qabul qilinadi.
Bitiruvchiga imtiyozlar:
Oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda test (suhbat) sinovida toʻplagan ballarining 30 foizi, boshqa oliy taʼlim muassasalariga esa 15 foizi miqdorida qoʻshimcha ball sifatida imtiyoz beriladi.
Batafsil maʼlumot: http://t.me/tmnukushal
