Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi “Turkiy Sud Ekspertiza Tarmogʻi toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi”ni imzolash tadbirida ishtirok etdi
2026-04-04 09:00:00 / Yangiliklar

Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida joriy yilning 3-aprel kuni boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Oʻzbekiston Respublikalarining sud-ekspertiza muassasalari oʻrtasida “Turkiy Sud Ekspertiza Tarmogʻi toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi”ni imzolash tadbiri boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda, Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻi polkovnik S.S.Nuriddinov ishtirok etdi.
Tadbir davomida, Turkiy davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlat sud-ekspertiza muassasalari ilmiy salohiyatini oshirish va ular oʻrtasida tizimli hamkorlik mexanizmini yoʻlga qoʻyish maqsadida, ishtirokchilar tomonidan quyidagi yoʻnalishlar belgilab olindi.
1. Elektron tizimlar, platformalar orqali ishtirokchilar oʻrtasida samarali muloqot va axborot almashinishni yoʻlga qoʻyish.
2. Sud-ekspertiza sohasida sud ekspertlarni professional koʻnikmalarni oshirish, sohaga oid ilmiy metodlar, laboratoriya boshqaruvi tizimlari, ilgʻor tajribalar, yangi texnologiyalar va innovatsion metodologiyalar boʻyicha tajriba almashinish.
3. Faoliyatga oid ilmiy-tadqiqot loyihalar, hamkorlikdagi tadqiqotlar va qiyosiy tahlillarni ragʻbatlantirish hamda sud-ekspertiza sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashda konferensiyalar, ilmiy simpoziumlar, seminarlar va ekspert uchrashuvlarini tashkil etish.
4. Sud-ekspertiza faoliyatini takomillashtirish maqsadida yetakchi turdosh idora, markaz va oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarni oʻrnatish.
Shuningdek, tadbir davomida yigʻilish ishtirokchilari tomonidan sohada erishilgan ilgʻor natijalar bilan tajriba almashish va mavjud muammolarni tizimli hamda samarali hal etish maqsadida, muntazam ravishda sud-ekspertiza muassasalari rahbarlarining yillik yigʻilishini tashkil etilishiga kelishib olindi.
Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi



