Oʻzbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi “Ashula va raqs” ansamblining Surxondaryo viloyatida konsert dasturi tashkil etildi
2026-04-02 22:35:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning tegishli farmoyishi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyining “Ashula va raqs” ansambli sanʼatkorlari hamda soʻz ustalari ishtirokida konsert dasturi oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan sanʼatkorlar, xonanda va sozandalar hamda badiiy soʻz ustalari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmatni oʻtash vaqtida vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari, nogiron boʻlib qolgan xodimlar hamda faxriylarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida, konsert dasturlari oʻtkazilib kelinmoqda.
Har yilgi anʼanaga muvofiq konsert dasturlari Surxondaryo viloyatidan boshlandi. Konsert dasturlari joriy yilning 2-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi “Turon” markaziy oʻyingohi hamda kunning ikkinchi yarmida Denov tumanidagi “Yoshlar sayilgohi”da tashkil etildi.
Oʻtkazilgan konsert dasturida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan elimizning xushovoz sanʼatkorlari hamda soʻz ustalari tomonidan ijro etilgan kuy qoʻshiqlari, dil tortar navolari-yu, hangomalari konsert dasturiga tashrif buyurgan tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻldi.
Konsert dasturi yakunida, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi boshligʻi podpolkovnik Uchqun Tillayev boshchiligidagi sanʼatkorlar hamda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari va farzandlari bilan dildan suhbat qurishib, ularga esdalik sovgʻa salomlar elimiz suygan sanʼatkorlar tomonidan ulashishdi.
Xalqimizning madaniy va maʼnaviy hordiq chiqarishlari uchun oʻtkazilayotgan konsert dasturi vohamizning boshqa hududlarida ham davom etadi.




