IIV rahbariyati tomonidan Toshkent shahri Mirobod tumanidagi “Qoʻyliq-Ota” hamda “Qoʻyliq-Ota” jome masjidida oʻrganishlar olib borildi
2026-04-01 09:00:00 / Yangiliklar

IIV oʻrinbosari, general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldoshevich tomonidan Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan “Qoʻyliq-Ota” hamda “Qoʻyliq-Ota” jome masjidida ichki ishlar organlari rahbariyati tomonidan oʻrganish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldoshevich tashabbusi bilan ushbu hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, shuningdek, diniy maskanlarda tartib-intizomni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrib chiqildi.
Oʻrganishlar davomida masjid hududidagi infratuzilma, videokuzatuv tizimlari, yongʻin xavfsizligi vositalari hamda kirish-chiqish nazorati alohida eʼtibor markazida boʻldi.
Shu bilan birga, masjid xodimlari va mahalla faollari bilan muloqot oʻtkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
Mazkur tashrif davomida aholi va ibodat qiluvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, mutasaddilarga masjid atrofida obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, tungi yoritish tizimini yaxshilash hamda profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda olib borish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Bu kabi oʻrganishlar jamoat xavfsizligini taʼminlash, aholi tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamenti Axborot guruhi







