Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan shahar hududidagi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilindi
2026-03-29 09:00:00 / Yangiliklar

Boshqarma rahbariyati tomonidan hududlarda sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilinib, kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab berilmoqda.
Jumladan, bugun boshqarma boshligʻi rahbarligidagi ishchi guruh shahar hokimi va prokurori bilan birgalikda “Gulbogʻ”, “Sumalak guzari” hamda “Yangi qurilish” mahallalarida boʻlib, profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati va ish natijalari, shuningdek, ushbu hududlarda sodir etilgan oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar jamoatchilik vakillari ishtirokida tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.
Shuningdek, oʻrganishlar davomida mahallalarda aholi murojaatlarini tinglash, ularga samarali yechim topish, shuningdek, mahalla yettiligining oʻzaro hamkorligini yanada mustahkamlash yuzasidan masʼullarga aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati







