Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining 27-sessiyasida viloyat IIB boshligʻining hisoboti eshitildi
2026-03-28 17:15:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimligining majlislar zalida oʻtkazilgan sessiyada viloyat kengashi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiyada huquq-tartibot va jinoyatchilikni jilovlash yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda tarmoqlar boʻyicha boshqa muhim masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.
Kun tartibiga koʻra, 2026-yilning oʻtgan davri mobaynida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Azat Tasbayevning hisoboti eshitildi. Boshqarma boshligʻi oʻz nutqida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligi, sodir etilayotgan yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish omillari, viloyat hududi boʻylab yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilgan, oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan maʼlumot berdi.
Hisobot yuzasidan deputatlar, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga boshqarma boshligʻi tomonidan batafsil javoblar berilib, koʻtarilgan masalalarning har biri yuzasidan Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olish boʻyicha ham kelishib olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati



