IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonining qabuli oʻtkazildi
2026-03-28 11:10:00 / Yangiliklar

2026-yil 26-mart kuni IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonining jismoniy va yuridik shaxslarni qabuli oʻtkazildi.
Qabulda fuqarolarning murojaatlari oʻrganib chiqilib, ularning muammolari oʻrganildi va qonun doirasida murojaatlar yechimi joyida hal qilindi.
Shu kuni fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida viloyatlardagi harbiy qismlardan videokonferens aloqa vositasi orqali qabul tashkillashtirilib, ularning ham muammolarini hal etish choralari koʻrildi.
Tashkil etilgan onlayn qabul tadbiri fuqarolarga manzur boʻldi.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi



