IIV rahbariyati tomonidan Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga bir qator vazifalar belgilandi
2026-03-28 06:20:00 / Yangiliklar

Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida xizmat samaradorligini oshirish, jamoat tartibini mustahkamlash hamda transport infratuzilmasini ishonchli himoya qilishga qaratilgan muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda vazir oʻrinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi va mavjud muammolar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Taʼkidlanishicha, temir yoʻl transporti strategik ahamiyatga ega boʻlgan tarmoq hisoblanib, uning xavfsizligini taʼminlash davlat xavfsizligining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Shu bois, xodimlardan yuqori masʼuliyat, doimiy hushyorlik va kasbiy mahoratini oshirish talab etiladi.
Yigʻilish davomida quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:
- temir yoʻl obyektlari va infratuzilmasini ishonchli qoʻriqlashni kuchaytirish;
- yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini qatʼiy nazorat qilish;
- huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kengaytirish;
- zamonaviy axborot texnologiyalari va videokuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish;
- xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va xizmat intizomini mustahkamlash.
Shuningdek, general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan har bir xodim oʻz xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya qilishi lozimligi alohida qayd etildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi







