Namangan viloyati IIBning ishchi guruhi tomonidan Uychi tuman mahallalarida oʻrganish ishlari olib borildi
2026-03-27 08:40:00 / Yangiliklar

Mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha viloyat hududida boʻylab ichki ishlar organlari xodimlari, jumladan, profilaktika inspektorlari tomonidan tizimli ravishda ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun boshqarma rahbariyati tomonidan Uychi tumanining “Fayzobod”, “Muborak”, “Yorkatay” va “Xoʻjaobod” mahallalarida oʻrganish ishlari olib borilib, unda profilaktika inspektorlarining joriy yilning oʻtgan davridagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi. Shu bilan birga, PQ-1 va PQ-2 Qarorlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Oʻrganish davomida mahallalarni jinoyatdan holi hududiga aylantirish maqsadida mahalla yettiligining oʻzaro hamkorligini mustahkamlash, aholi muammolarini tizimli ravishda oʻrganib borish va boshqa muhim masalalar yuzasidan aniq topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati




