Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan mahallalarda oʻrganish ishlari olib borilib, jinoyatchilik holati tahlil qilinmoqda
2026-03-26 09:00:00 / Yangiliklar

Viloyat hududida jinoyatchilikning oldini olish, kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash hamda mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tunu kun xizmat olib borilmoqda.
Mazkur jarayon boshqarma rahbariyati tomonidan doimiy nazoratga olinib, xizmat faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Jumladan, bugun boshqarma boshligʻi rahbarligidagi ishchi guruh Toʻraqoʻrgʻon tumanining “Qashqarguzar” va “Shahand”, Mingbuloq tumanining “Qorashahar”, “Qizilqum” va Pop tumanining “Yangi toʻda” va “Obihayot” mahallalarida boʻlib, mahalla yettiligi faoliyati, shuningdek, ushbu hududlarda oila-turmush doirasida sodir etilgan oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari jamoatchilik vakillari ishtirokida atroflicha tahlil qilindi.
Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, mahallalarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosini toʻliq taʼminlash yuzasidan masʼullarga aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Viloyat IIB ishchi guruhi tomonidan olib borilayotgan oʻrganish ishlari hududlarda davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






