Samarqand viloyati IIBda Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
2026-03-24 12:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Toxir Aripov ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi va shaxsiy tarkibni bayram bilan qutladi.
Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali bayram tadbirida bir qator xodimlar Ichki ishlar vazirligining koʻkrak nishonlari hamda Boshqarma boshligʻining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Bayram munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdirlangan 25 nafar xodimlarga 1-2-3-darajali “Benuqson xizmatlari uchun”, “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni, “Faxriy yorliq” va “Esdalik qoʻl soati” tantanali ravishda topshirildi.
Mukofotlarni topshirish jarayonida Boshqarma boshligʻi mukofotlagan xodimlarning xizmatdagi samarali faoliyati va erishayotgan natijalari shaxsiy tarkibga oʻrnak boʻlishi lozimligini taʼkidladi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









