Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan manzilli oʻrganishlar va amaliy chora-tadbirlar samaradorligi oshirilmoqda
2026-03-24 12:30:00 / Yangiliklar

Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi uchun xavfsiz muhit yaratish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada ichki ishlar organlari tomonidan joylarda manzilli oʻrganishlar va amaliy chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvohid Ismoilov tomonidan Nishon tumanida xizmat faoliyati va xavfsizlik choralarining samaradorligi yuzasidan oʻrganishlar olib borildi. Oʻrganishlar davomida tumanning “Kimyogar” mahallasida xonadonlarni qoʻriqlovga olish hamda hududni zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan jihozlash masalalari atroflicha koʻrib chiqildi. Mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, “Kaptarli” MFY hududida joylashgan bozorda ham oʻrganishlar oʻtkazilib, bozor hududidagi 2 ta obyektda videokuzatuv kameralarini oʻrnatish va ularni qoʻriqlovga olish boʻyicha zarur choralar belgilab olindi. Tadbir davomida viloyat IIB boshligʻi tomonidan tuman hokimi, tuman IIB boshligʻi hamda tuman prokuroriga bozorlarda sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan masʼullarga aniq koʻrsatma va yoʻriqnomalar berildi. Bu kabi manzilli oʻrganishlar joylarda xavfsizlikni taʼminlash, aholi farovonligi va tinchligini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati








