Xizmat davomida hamkasblariga namuna boʻlib kelgan xodimlar munosib ravishda ragʻbatlantirildi
2026-03-24 12:20:00 / Yangiliklar

21 mart — Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Ichki ishlar vazirining 1-oʻrinbosari general-mayor Rustam Djurayev tomonidan ichki ishlar organlarida namunali fidoyi xizmatlari, mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishdagi munosib hissasi uchun Jamoat xavfsizligi departamentining bir guruh xodimlari munosib ragʻbatlantirildi va taqdirlandi.
Tadbir koʻtarinki kayfiyatda, samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bilan oʻtkazildi.
IIV JXD Axborot xizmati


