Navoiyda viloyat IIB boshligʻi hamda viloyat prokurori tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni jilovlash yuzasidan oʻrganish va muhokamalar oʻtkazilmoqda
2026-03-19 12:30:00 / Yangiliklar

Davlatimiz Rahbarining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli hamda “2026-yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan masʼullar tomonidan Navoiy shahrida oʻrganish va muhokamalar olib borildi.
Xususan, “Ishonch” mahallasida “mahalla yettiligi”ning faoliyati oʻrganilib, mahallada xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlari va muammolarini hal etish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi. Shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni kengaytirish boʻyicha bir qator topshiriqlar berildi.
Shu kuni ushbu mahallada sodir etilgan oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarning muhokamasi ham oʻtkazilib, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari oʻrganildi. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bu kabi oʻrganishlar viloyatning boshqa hududlarida ham oʻtkazilishi belgilangan.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati



