Sirdaryo viloyatida jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi
2026-03-18 16:20:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida jinoyatchilikni oldini olish, mahallalarda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamada viloyat prokurori Savid Imatov va ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Farrux Haydarovlar ham ishtirok etib, sohadagi mavjud holat, muammoli nuqtalar va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflarini bildirishdi.
Yigʻilishda alohida taʼkidlanganidek, har bir jinoyat ortida muayyan sabab va sharoit bor. Shu bois faqat oqibat bilan emas, balki uning ildiz sabablarini barvaqt aniqlab, oldini olishga ustuvor ahamiyat qaratish zarurligi qayd etildi.
Ayniqsa:
- mahallalar kesimida profilaktika ishlarini kuchaytirish;
- yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish;
- ijtimoiy muammolarni oʻz vaqtida hal etish orqali xavf omillarini kamaytirish;
- ichki ishlar, prokuratura va mahalliy hokimliklar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yigʻilish yakunida mutasaddilarga belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish, har bir hudud kesimida aniq natijaga erishish yuzasidan qatʼiy vazifalar yuklatildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati



