Navoiy viloyati IIB rahbariyati hamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda jinoyatlarni hisobga olish va profilaktik ishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
2026-03-14 10:00:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda prokuratura xodimlari, boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda masofaviy tarzda shahar va tuman ichki ishlar boʻlimlarining masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida hududlar kesimida sodir etilgan jinoyat turlari, ularning kelib chiqish sabab va omillari atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida jinoyatlarni hisobga olish, ularni qayd etish hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama etildi.
Yigʻilish yakunida masʼul rahbarlarga jinoyatlarning oldini olish, har bir murojaat va holatni qonuniy tartibda oʻz vaqtida koʻrib chiqish, profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati







