IIV rahbariyati tomonidan Kriminologiya tadqiqot institutida xizmat faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi
2026-03-14 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik D. Sattarov boshchiligida xizmat yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilish davomida institut faoliyatiga doir qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, kun tartibining birinchi masalasi doirasida institutga yangi lavozimlarga tayinlangan xodimlar tegishli buyruqlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, yigʻilishda shaxsiy tarkib tomonidan ijrochilik intizomini mustahkamlash, xizmat faoliyatida shaxsiy tartib-intizom va masʼuliyatni yanada oshirish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalalik hamda professional etika tamoyillariga qatʼiy rioya etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlari tizimining ijobiy imijini mustahkamlash, jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish hamda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini izchil davom ettirish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti



