Sirdaryo viloyati IIBda maʼmuriy ishlarni sudga yuborish amaliyotini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
2026-03-12 18:15:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha materiallarni sudga oʻtkazish amaliyotini yanada takomillashtirishga bagʻishlangan oʻquv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida sud organlariga kelib tushayotgan maʼmuriy ish hujjatlari tahlil qilinib, tergov va tergovga qadar surishtiruv jarayonida uchrayotgan kamchiliklar, hujjatlarni rasmiylashtirish davomida yoʻl qoʻyilayotgan xatolar keng muhokama qilindi.
Xususan, maʼmuriy bayonnomalarni rasmiylashtirish, dalillarni toʻgʻri qayd etish, ish materiallarini toʻliq shakllantirish hamda ularni sudga belgilangan tartibda va muddatlarda yuborish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Qayd etish kerakki, ushbu oʻquv seminari maʼmuriy ishlarni yuritish sifatini oshirish, hujjatlarni rasmiylashtirishda yagona amaliyotni shakllantirish hamda ichki ishlar organlari va sud tizimi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati






