Fargʻona va Andijon viloyatlarida ekspert-kriminalistika xodimlarining malakasi oshirildi
2026-03-12 11:20:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-son farmoyishi asosida hududlarda oʻtkazilgan inspektorlik tekshiruvi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlik Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan bir qator amaliy va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Fargʻona va Andijon viloyatlari Ichki ishlar organlari Ekspert-kriminalistika boʻlinmalari xodimlarining malakasi oshirilib, kriminalistik ekspertiza turlari boʻyicha mustaqil ekspertiza oʻtkazish huquqini beruvchi guvohnomalar topshirildi.
IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi



