Toshkent viloyati IIBBda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
2026-03-08 12:00:00 / Yangiliklar

Sana munosabati bilan Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan, oʻz sohasining chinakam jonkuyarlari boʻlgan munis va dilbar xotin-qizlarga ehtirom koʻrsatildi.
Tadbirda viloyat IIBB boshligʻi, polkovnik Avduvosit Abdurazakov boshchiligida shaxsiy tarkib hamda tizimda xizmat qilayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Bosh boshqarma boshligʻi tadbirni ochar ekan, viloyat IIO tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni bayram bilan qutlab, tizimda ayol xodimlarning alohida oʻrni borligini taʼkidladi hamda samimiy tilaklarini bildirdi.
Bayram tadbirida xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib, hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh fidoyi ayol xodimlarga Ichki ishlar vazirligining turli darajadagi mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Xususan:
“Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan – podpolkovnik Mahfuza Sirajova, katta serjant Muqaddas Qurbonova;
I darajali “Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan – mayor Radxa Usmonova, podpolkovnik Shaxlo Oʻroqova;
II darajali “Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan – podpolkovnik Maʼmura Abdullayeva, mayor Muattarxon Mukarramova, podpolkovnik Nodira Kasimova, kichik serjant Zaxro Muminova;
III darajali “Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan – safdor Nodira Mirzakulova, safdor Madina Xasanova, safdor Xilola Ikramova, kapitan Guzaliya Kalimullina, safdor Diana Ruzbayeva, katta serjant Saodat Fattoxova;
Ichki ishlar vazirining “Esdalik qoʻl soati” bilan – leytenant Zuxra Mirmusayeva, leytenant Maftuna Sultonova;
Ichki ishlar vazirining “Faxriy yorligʻi” bilan – katta leytenant Nodira Maxkamboyeva, safdor Durdona Umarova, katta leytenant Gulbahor Aliyorova taqdirlandi.
Shuningdek, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, yuklatilgan topshiriqlarga vijdonan yondashib kelayotgan 430 nafardan ortiq ayol xodimalar esdalik sovgʻalar va pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati









