Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi
2026-03-08 11:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, xodimalar hamda tinglovchilar ishtirok etdilar.
Tadbirda yurtimiz taraqqiyotida, jamiyat hayotida hamda davlat xizmatida faol mehnat qilayotgan xotin-qizlarning oʻrni va ahamiyati haqida soʻz yuritildi.
Institut rahbariyati tomonidan ayollarning mehnati, fidoyiligi va jamiyat ravnaqiga qoʻshayotgan munosib hissasi alohida eʼtirof etildi.
Bayram munosabati bilan institutda samarali mehnat qilayotgan bir qator xodimalarga “Aʼlo xizmatlari uchun”, 3 darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari, Ichki ishlar vazirligining esdalik qoʻl soati, “mayor” maxsus unvon va pul mukofotlar topshirildi.
Mazkur tadbir xotin-qizlarga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yanada oshirish, ularning jamiyat hayotidagi oʻrnini qadrlashga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.
Bayram tadbiri ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashib, samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bilan yakunlandi.
IIV Malaka oshirish instituti






