Salohiyatning yorqin namoyishi
2026-03-07 14:50:00 / Yangiliklar

«Yangi Oʻzbekistonning shijoatli ayollari» shiori ostida Xorazm viloyatida oʻtkazilgan ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning V Respublika forumi nafaqat katta tadbir, balki ayol jasorati, maʼnaviyati va kasbiy salohiyatining yorqin namoyishiga aylandi.
Forum doirasida qator tadbirlar, jumladan, intellektual oʻyin, koʻrik-tanlovlar zoʻr uyushqoqlik bilan yuqori saviyada oʻtkazildi.
Forum doirasidagi «Eng yaxshi kitobxon xodima» va «Fidoyi ayol xodima» koʻrik-tanlovlari ishtirokchilari oʻzlarining yuksak mutolaa madaniyati, keng dunyoqarashi va adabiyotga boʻlgan mehrini hamda kasbiy-jangovar tayyorgarligini namoyish etdilar.
Qadimiy va betakror Xiva shahridagi «Ichanqalʼa» tarixiy majmuasida tashkil etilgan «Zakovat» intellektual oʻyini — intellektual bahslar, tezkor fikrlash, jamoaviy hamjihatlik — barchasi sogʻlom raqobat va doʻstona muhitda oʻtdi.
Forum gʻoliblarini taqdirlash marosimida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi, polkovnik Diyorbek Sattorov, Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nigora Kutlimuratovalar qatnashib, mukofotlarni tantanali ravishda topshirishdi.
Ichki ishlar organlarining 140 nafar ayol xodimi ishtirok etgan forumning 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida oʻtkazilishida chuqur maʼno bor. Goʻyoki bu tadbir ayollarning nafaqat mehr va latofat, balki matonat va jasorat timsoli ekanini yana bir bor eʼtirof etdi.
Gʻoliblar bilan tanishing
«Eng yaxshi kitobxon xodima»
1-oʻrin - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani IIB inspektor-psixologi, leytenant Urozmatova Elmira Farxod qizi;
2-oʻrin - Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi inspektori, katta leytenant Tursunpoʻlatova Aziza Joʻra qizi;
3-oʻrin - Jazoni ijro etish departamenti shifokori, mayor Muhammadiyeva Nargiza Muxammadiyevna.
«Fidoyi ayol xodima»
1-oʻrin - IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati yetakchi mutaxassisi, podpolkovnik Rajabova Dilnoza Mahammadikramovna;
2-oʻrin - Navoiy viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili, podpolkovnik Yesamuratova Nodira Sherdankulovna;
3-oʻrin - Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani IIOFMB katta tergovchisi, mayor Narmanova Klara Eshnazarovna;
- Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi katta inspektor-psixologi, mayor Saydaliyeva Sojida Yusufxon qizi.
«Zakovat» intellektual oʻyini
1-oʻrin - Buxoro viloyati IIB jamoasi;
2-oʻrin - Jazoni ijro etish departamenti jamoasi;
3-oʻrin - Toshkent viloyati IIBB jamoasi.
Nilufar JABBOROVA, oʻz muxbirimiz. “Postda”
Xorazm viloyati
