Surxondaryo viloyatida “Turmush” profilaktik tadbiri doirasida ayollar bilan uchrashuv va qabul oʻtkazildi
2026-03-05 13:00:00 / Yangiliklar

“Turmush” profilaktik tadbirlari doirasida Termiz shahrida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot hamda qabul tashkil etildi.
Unda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Oʻ. Eshimova, shuningdek, Termiz shahar Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari G. Rahmonova ham ishtirok etdi.
Qabul davomida xotin-qizlarning murojaatlari, takliflari va ularni qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolar tinglandi.
Ayollarning bandligi, oilaviy masalalar, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, huquqiy maslahatlar hamda boshqa dolzarb mavzular yuzasidan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.
Murojaatlarning ayrimlari joyida oʻrganilib, masʼul mutasaddilar tomonidan tezkor hal etildi.
Qoʻshimcha vaqt va oʻrganish talab etadigan masalalar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun nazoratga olindi.
Mazkur uchrashuv xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda ayollar faolligini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati






