Surxondaryo viloyatida “Men kuchli ayolman” profilaktik tadbirlari oʻtkazildi
2026-03-05 13:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi rahbari Zulxumor Xidirova, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Oʻroltosh Eshimova, Termiz shahar hokimligi, shahar Oila va xotin-qizlar boʻlimi, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari hamda ayollar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, erta turmush va erta tugʻruqning salbiy oqibatlari, oilaviy zoʻravonlikning oldini olish hamda kiberjinoyatlardan ogohlik masalalari yuzasidan atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilarga tegishli mavzularda tayyorlangan targʻibot materiallari va bukletlar tarqatildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati






