IIV “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazida ijro intizomi va faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-03-05 09:00:00 / Yangiliklar

IIV “Xavfsiz shahar” markazida markaz rahbariyati tomonidan barcha xodimlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan qator masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilish davomida davlat xizmatchilarining faoliyatida halollik va qonuniylik tamoyillariga qatʼiy rioya etish zarurligi alohida taʼkidlandi.
Xususan, pora olish yoki korrupsion holatlarga yoʻl qoʻyilmasligi, bunday holatlar uchun qonunchilikda aniq javobgarlik belgilanganligi haqida xodimlarga tushuntirish berildi.
Shuningdek, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish, xizmat faoliyatida intizom va masʼuliyatni oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy amal qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 360-son qarori doirasida qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir yakunida markaz rahbariyati tomonidan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha masʼul xodimlarga aniq topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi




