IIV Akademiyasi rahbariyati Chilonzor tumanida “Poytaxt namunasi” doirasidagi amaliy ishlar samaradorligini oʻrgandi
2026-03-05 10:00:00 / Yangiliklar

Poytaxtimizda xavfsiz muhit yaratish boʻyicha namunaviy amaliyotning joriy qilingani huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim omil boʻlmoqda.
Chilonzor tumanining “Katta Chilonzor-2” mahallasida 6 yarim mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Hududda 65 ta koʻp qavatli uy, 3 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 1 ta umumtaʼlim maktabi va aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa maskanlar bor.
Oʻtgan yili mahallada oldini olish mumkin boʻlgan 20 ta jinoyat qayd etilgan boʻlib, shundan 16 tasini oʻgʻirlik, 4 tasini tan jarohati yetkazish jinoyatlari tashkil qilgan.
“Poytaxt namunasi” asosida yoʻlga qoʻyilgan yangi tizim jinoyatlarning barvaqt oldini olish bilan birga, kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.
IIV Akademiyasi boshligʻi Rustam Xatamov mazkur mahallada boʻlib, aholi uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishdi.
“Mahalla yettiligi” vakillari bilan muloqotda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda erishilayotgan natijalar va mavjud muammolar muhokama qilindi.
Aytish joizki, mahallaga akademiya professor-oʻqituvchilari va magistratura tinglovchilaridan iborat ishchi guruh biriktirilgan. Ular tomonidan jinoyatchilik omillari ilmiy yondashuvlar asosida oʻrganilib, amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari, taʼlim muassasasi kursantlari profilaktik ishlar va hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb qilingan.
Hamjihatlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida shu kungacha 4 ta “jinoyat oʻchogʻi” aniqlandi. 1200 dan ziyod xonadon manzilli oʻrganilib, 1 nafar “xavf guruhi”dagi, 8 nafar ijtimoiy profilaktika obyekti boʻlgan shaxslar qayd etildi.
Huquqbuzarliklar sodir etilishi mumkin boʻlgan hududlarga 6 ta videokuzatuv kamerasi oʻrnatilib, ichki ishlar organlariga integratsiya qilindi.
Kriminogen vaziyatni nazorat qilish va aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida 30 dan ortiq patrullik guruhlari tashkil qilindi.
Akademiya boshligʻi “yoʻl xarita”da belgilangan chora-tadbirlarni oʻrganib, aholi muammolari va murojaatlari bilan tizimli ishlash, xavfsizlik choralarini kuchaytirish, mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish borasida tegishli vazifalarni belgilab berdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati