IIV rahbariyati tomonidan Toshkent shahri aeroportlarida xizmat faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan xodimlarga bir qator vazifalar belgilandi
2026-03-05 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlari vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov “Islom Karimov” nomidagi Toshkent shahri aeroportlarida xizmat olib borayotgan xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida aeroportlarda xavfsizlikni yanada kuchaytirish, yoʻlovchilarga sifatli va tezkor xizmat koʻrsatishni taʼminlash, shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash boʻyicha bir qator aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish tizimini takomillashtirish hamda xodimlarning kasbiy malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Vazir oʻrinbosari tomonidan aeroport hududida jamoat tartibini taʼminlash, yoʻlovchilar va mehmonlarga nisbatan xushmuomalalik madaniyatini yuksaltirish ustuvor vazifa ekani taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida masʼul rahbarlarga belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi





