Navoiyda viloyat IIB rahbariyati Karmana tumanida tashkil etilgan tezkor-shtab faoliyati bilan tanishdi
2026-03-02 09:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimiz rahbarining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son hamda “2026-yil Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyatida ham qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jinoyatlarni jilovlash borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat prokurori hamda IIB boshligʻi Karmana tumanida tashkil etilgan tezkor-shtabda boʻldi.
Oʻrganishlar davomida masʼullar mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va videokuzatuv tizimlaridan foydalanish holati bilan tanishdi.
Tezkor-shtab faoliyati orqali kelib tushayotgan murojaatlarni koʻrib chiqish, muammolarga joyida yechim topish va masʼul tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda profilaktik ishlarni yanada faollashtirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati



