Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida tizimli oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda
2026-03-01 15:40:00 / Yangiliklar

IIV Akademiyasi professor-oʻqituvchilari tomonidan viloyat IIO profilaktika inspektorlari hamda tezkor xizmat xodimlarining kasbiy va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslari tashkil etilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 27-yanvardagi videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida tizimli oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
Ichki ishlar vazirligi topshirigʻiga muvofiq, vazirlik Akademiyasi professor-oʻqituvchilari tomonidan viloyat IIO profilaktika inspektorlari hamda tezkor xizmat xodimlarining kasbiy va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan qisqa oʻquv kurslari oʻtkazilmoqda.
Mashgʻulotlarda murojaatlar bilan ishlash tartibi, tergovga qadar tekshiruv jarayonlari, qonuniylikni taʼminlash hamda amaliyotda uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur oʻquvlar xodimlar xizmat samaradorligini oshirish, qonunchilikni amaliyotga toʻgʻri tatbiq etish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati



