Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Krasnodar universiteti bilan hamkorlikda onlayn amaliy mashgʻulot oʻtkazildi
2026-02-28 19:20:00 / Yangiliklar

Galdagi mashgʻulot odatdagilardan boshqacha oʻtdi. Universitetning Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan koʻrsatib berilgan usullarni IIV akademiyasi kursantlari amaliy tarzda bajarishdi.
Sovuq va oʻqotar qurollar bilan hujum qilinganda himoyalanish, huquqbuzarni qoʻlga olish hamda tashqi tintuv oʻtkazishning zamonaviy texnikalari yoritilgan mashgʻulot davomida kursantlarimiz kasbiy faoliyatda qoʻl kelishi mumkin boʻlgan jangovar va jismoniy koʻnikmalarni oʻzlashtirish imkoniga ega boʻldilar.
Mashgʻulot yakunida kursantlarga zarur amaliy tavsiyalar berildi. Taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari qoʻshma amaliy mashgʻulotlarni muntazam tashkil etishga kelishib oldilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati




