Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalarni (jarima xatlarini) yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi
2026-02-27 20:00:00 / Yangiliklar

Respublikada “Xavfsiz shahar“ konsepsiyasini amalga oshirish doirasida jamoat xavfsizligini taʼminlash jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qarorlarni yetkazishda inson omilini kamaytirish, ishonchliligini oshirish hamda aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida, qarorlarning koʻchirma nusxasi va unga ilova qilingan materiallar sinov tariqasida quyidagi manbalar orqali yuborilishi yoʻlga qoʻyilgan:
— davlat xizmatlari portali: — my.gov.uz (MyGov mobil ilovasi)
— SafeRoad mobil ilovasi
— Road24 mobil ilovasi
— Yagona interaktiv davlat xizmatlari mobil ilovasi (MIB)
— Hamroh mobil ilovasi Qaror rasmiylashtirilishi bilan 6079 raqamidan SMS-xabarnoma yuboriladi.
Agar SMS-xabarnoma kelmasa, my.gov.uz portaliga kirib, telefon raqamingizni roʻyxatdan oʻtkazishingiz lozim — shundan soʻng barcha xabarnomalar avtomatik ravishda yuboriladi.
Mazkur raqamli xizmatlardan foydalanish vaqti cheklanmagan, qoʻshimcha roʻyxatdan oʻtish yoki hujjat taqdim etish talab etilmaydi, qaror rasmiylashtirilishi bilan bir vaqtda barcha materiallar bilan tanishish hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda jarimani toʻlash imkoniyati mavjud.
